To‘lab qo‘yilishi so‘ralgan mazmunda kelgan SMSlardagi qarzdorlik asossiz bo‘lib chiqdi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Birlik ko‘chasida yashovchi R.Z.ning tabiiy gaz iste’moli masalalarida kelib chiqqan muammo yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
– Xonadonim 16.08.2023 yil kunida gaz tarmog‘idan uzib qo‘yildi. Gaz uzilishi bo‘yicha ogohlantirish berilmadi. Hisoblagich ko‘rsatkichi bo‘yicha biz haqdormiz. Telefonimizga 5 800 000 so‘m qarzingiz bor, degan SMSlar kelmoqda. Masalani hal qilishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman, – deydi iste’molchi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaatida.
Iste’molchi murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borilishi jarayonida «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali Qo‘qon shahar bo‘limiga so‘rov xati kiritildi. Mazkur tashkilotdan olingan javob xatida iste’molchining xonadoniga zamonaviy tizimga ega ASKUG gaz hisoblagich o‘rnatilganligi qayd qilingani holatda, negadir istemolchi tomonidan tabiiy gaz ko‘rsatkichini gaz idorasiga taqdim qilib borilishi kerakligi, qarzdorlikni yuzaga kelishiga sabab qilib o‘z vaqtida ko‘rsatkich berilmaganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bilishimizcha, zamonaviy hisoblagichlardagi ko‘rsatkichlar onlayn tarzda qayd qilib borilib, ushbu tizim iste’molchi tomonidan uni biror idoraga taqdim qilib borishga hojat qoldirmasligi kerak edi. Lekin javob xati davomida gaz idorasi iste’molchining gazga oid hujjatlarini dasturga solishtirib ko‘rilganda tabiiy gazdan qo‘yilgan asossiz qarzdorlik borligi aniqlanganligini ham qo‘shimcha qiladi va iste’molchidan to‘lab qo‘yilishi so‘ralayotgan qarzdorlikni ham asossiz ekanligini tasdiqlaydi. O‘rganish yakunlari bilan barcha jamlangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, iste’molchiga javob xati yuborildi va uni qiynab kelgan muammo bartaraf etib berildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment