Mas’ullar ko‘rik-tanlov respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchi o‘qiydigan maktabda bo‘ldilar
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish orqali aholining, ayniqsa yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari targ‘ibotini tizimli olib borish maqsadida «Men yosh iste’molchiman» mavzusidagi respublika insholar tanlovining tuman (shahar) va viloyat bosqichlari o‘tkazilgan edi. Joriy yilning 21 may kuni poytaxtimizda Toshkent davlat yuridika universitetida tanlovning yakuniy-respublika bosqichi o‘tkazilib, unda Toshloq tumani 4-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Toshpo‘latova Sarvinoz faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bugun hududiy birlashma, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari o‘quvchi o‘qiydigan maktabga tashrif buyurib, o‘quvchini erishgan yutug‘i bilan qutladilar.
Marosimda so‘z olgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Abdumajid Soliev erishilgan yutuqda o‘quvchining ota-onasi, ustozlari va maktab jamoasining ham o‘ziga xos hissalari borligini ta’kidlab o‘tar ekan, tanlov g‘olibiga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar hamda kelajakda xalqimiz uchun katta foydasi tegadigan zarur soha yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishini tilagan holda, o‘quvchining sinfdoshlari, shuningdek mazkur maktabning barcha o‘quvchilariga kelgusida bunday tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Marosim doirasida hududiy birlashma vakillari tomonidan maktab, shuningdek tuman Maktabgacha va maktab ta’limi jamoasiga Federatsiya tizim tashkilotlari bilan olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari uchun minnatdorchilik izxor qilib o‘tilib, o‘quvchining erishgan yutug‘i bilan yana bir bor qutlandi.
Отправить комментарий