Brifing || Toshloq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste’molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari
Ta’kidlandiki, Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘z faoliyatini Federatsiya Ustavi, yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlari hamda tuman jamiyatining 2025 yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi, shuningdek hamkor tashkilotlar bilan birgalikda imzolangan Memorandumlar, dasturlar va chora-tadbirlar rejalari asosida amalga oshirib kelmoqda.
Faoliyatimizni samarali amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va sohaga oid boshqa qonunlar hamda qonunosti hujjatlari dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni faoliyatimizni yanada samarali olib borishimizda bizga katta kuch va ko‘mak berdi. Adliya organlaridagi hisob ro‘yxatidan davlat ro‘yxatiga o‘tdik. Bu bilan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida grantlar, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalar olish uchun yangi imkoniyatlar vujudga keldi. Bu esa kelgusida aholi (iste’molchilar)ning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari sifati va xavfsizligini amaldagi qonunchilik normalariga mosligi yuzasidan o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlarimizda moliyaviy ko‘mak rolini o‘ynashi shubhasiz.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlarimizdan biri iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish ekan, bu birinchi navbatda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatini, shuningdek sohaga oid qonunchilik asoslarini aholining keng qatlamlari ongi shuuriga yetkazishdan iboratdir. Ushbu maqsadlarda o‘tgan 2024 yil va joriy yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida tuman jamiyati tomonidan 56 ta og‘zaki targ‘ibot shaklidagi va 118 ta yozma targ‘ibot shaklidagi tadbirlarni tashkilladik. Bu esa aholining keng qatlamlariga iste’mol sohasiga oid huquqlari buzilganda o‘z huquqlarini mustaqil, davlat va sud idoralari yordamida, shuningdek iste’molchilarinng jamoat birlashmalari ko‘magida himoya qilinini haqida zaruriy bilim va ko‘nikmalarni shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Faoliyatimiz davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlanishida, aholi (iste’molchilar)ning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi yo‘lida mamlakatimizning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan ham yaqindan ishlashimizni taqozo qiladi.
O‘tgan 2024 yil va joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida jamiyatimizga iste’molchilar tomonidan 62 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 14 tasi Federatsiya ishonch telefoni va telegram boti orqali, 6 tasi huquqni muhofaza qilish idoralari orqali kelib tushgan bo‘lsa, 42 ta murojaat tuman jamiyatimizga yozma va og‘zaki tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlardan iborat bo‘lgan. Murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalari bilan iste’molchilar foydasiga 125 454 453 so‘m, shundan joriy yilning o‘zida 51 770 000 so‘m mablag‘lar hal etib berildi. Bundan tashqari sudga 1 ta davo arizasi kiritib, iste’molchining buzilgan huquqini tiklanishiga va unga yetkazilgan 3 100 000 so‘mlik moddiy va ma’naviy zararlarni qoplab berilishiga ham erishildi.
Shu o‘rinda, sudlarga kiritilgan da’vo arizalari sonining kamligiga izox berib ketsam. Tuman jamiyati tomonidan o‘rganilayotgan har bir murojaat yuzasidan tegishli sub’ektga kiritilayotgan da’vo talabnomasi shaklidagi so‘rov xatlariga masala qonuniy hal etilmagan taqdirda tuman jamiyati tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilishi bo‘yicha eslatmalar berib boriladi. Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, tuman jamiyati tomonidan kiritilgan so‘rovlarga qoniqarli javoblar olingan hamda iste’molchi muammosi bartaraf etilgan, shu sababli ham ishni ko‘rish sudgacha borib yetmagan.
Kelib tushgan murojaatlarni tarkibiga qaralsa, ularning 48 tasi og‘zaki, 12 tasi yozma, 2 ta elektron shaklda kelib tushganligi, sohalar kesimida ko‘rilganda, eng ko‘pi, ya’ni 48,4 foizi savdo sohasiga to‘g‘ri kelganligi, 25,8 foizi esa elektr va gaz ta’minoti masalalariga, 16 foizi xizmat ko‘rsatish (va servis) sohasiga, 9,6 foizi suv ta’minoti hamda chiqindilarni olib ketish xizmatlari sohalariga to‘g‘ri kelganligi ma’lum bo‘ladi.
Yuqoridagilarga yana shuni qo‘shimcha qilish mumiknnki, tuman ajmiyati qoshida tashkil etilgan “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali ham aholi vakillarimizga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko‘sratib kelinmoqda. Jumladan, o‘tgan davrda ushbu maslahatxona orqali 39 nafar fuqarolarga savdo, elektr, gaz, suv ta’minoti, transport, aloqa (internet), kommunal xo‘jalik va boshqa sohalar yuzasidan huquqiy maslahat va amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
Shuning bilan birgalikda, tuman jamiyati tomonidan federatsiya hamda hududiy birlashma topshiriqlari asosida, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovar (ish, xizmat)lari sifati va xavfsizligini amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi yuzasidan 2024 yilda 19 ta, joriy yilning o‘tgan davrida esa 8 ta jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv (o‘rganuv)lar ham o‘tkazilib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarga tegishli ma’lumotnomalar kiritildi.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan hudud aholisining iste’molchilik sohasiga oid bilimlarini va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borish ishlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Отправить комментарий