Qayta hisob-kitoblar iste’molchida haqdorlik mavjudligini ko‘rsatdi

Qayta hisob-kitoblar iste’molchida haqdorlik mavjudligini ko‘rsatdi

Marg‘ilon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Qashqar» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.B.ning xonadonidagi mavjud tarmoq orqali ichimlik suv iste’moli to‘lovlarini to‘lab kelayotgan bo‘lsada, shahar suv ta’minoti korxonasi tomonidan 2 471 436 so‘m qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda xonadon ichimlik suvi ta’minotiga loyiha asosida, suv hisoblagich uskunasi o‘rnatilgan holda ulanganligi, suv hisoblagich uskunasi ishchi holatdaligi, iste’molchi qo‘lida amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha hujjatlar mavjudligi ko‘rildi. Iste’molchi o‘z yashash hududi Toshloq tumani bilan chegaradosh bo‘lganligi sababli to‘lovlarni to‘lash va yig‘ish masalalarida ba’zi paytlarda tushunmovchiliklar ham bo‘lib turganligini qo‘shimcha qildi.

Shundan so‘ng ushbu masalada «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Marg‘ilon shahar filialiga so‘rov xati kiritilib, murojaat bo‘yicha o‘rganishlar davom ettirildi. Olib borilgan qayta hisob-kitob ishlari davomida ichimlik suvi iste’molchisida qarzdorlik mavjud emasligi, xonadondagi suv hisoblagichning 711 kub metr ko‘rsatkichiga 292 710 so‘m haqdorligi ham mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Iste’molchiga bu haqda rasmiy ravishda ma’lum qilinib, uni qiynab turgan muammoni bartaraf etilishiga erishildi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)

Отправить комментарий