Bartaraf qilib qo‘yishi lozimligi yuzasidan ogohlantirish olgan iste’molchida qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi X.M.ning ichimlik suv ta’minoti korxonasi uning xonadoniga nisbatan asoslanmagan qarzdorlik hisoblayotganligi va masalani o‘rganib chiqib, mazkur qarzdorlikni bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi o‘rganish davomida qo‘liga ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan, sanasi va raqami mavjud bo‘lmagan «Ogohlantirish xati»ni ham taqdim qildi. Unda haqiqatan ham iste’molchida 326 176,52 so‘m qarzdorlik mavjudligi ko‘rsatilgan bo‘lib, qarzdorlik 3 kunlik muddatda bartaraf qilib qo‘yilishi lozimligi, aks holda qarzdorlikni majburiy tartibda undirilishi va buning huquqiy oqibatlari bo‘yicha ogohlanirishlar ham berilgan.
Murojaat asosida «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Farg‘ona tuman bo‘limiga kiritilgan so‘rov xati hamda uning asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar esa buning aksini ko‘rsatdi. Ya’ni iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar asosida qayta hisob-kitoblar olib borilganda iste’molchida qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Ichimlik suvi ta’minoti korxonasi javob xatida iste’molchiga asoslanmagan (noreal) qarzdorlik hisoblanishiga sabab qilib iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar Billing bazasiga har oyning 5 sanasiga kiritib borilmaganidan kelib chiqqanligini ko‘rsatib o‘tgan.
Abror Isaqov,
jamiyat mutaxassisi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)
Отправить комментарий