Idishlar to‘plami uchun to‘langan mablag‘ iste’molchiga qaytarildi
Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg‘ona shahrilik S.H.ning “Uzum” market xizmatidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi “Uzum” market ilovasi orqali narxi 700 000 so‘m bo‘lgan idishlar to‘plamini buyurtma qilib, buyurtmani 13.07.2025 yil kuni “Uzum” marketning Toshloq tumanida joylashgan tarqatish punkti orqali qabul qilib oladi. Ammo mahsulotlarni ko‘zdan kechirganda ularda nuqsonlar (defekt) borligini aniqlagach, tarqatish punktiga qaytarib olib kelib, pulini qaytarishlarini so‘raydi va bu borada ikkinchi tomon bilan murosaga kela olmagach Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qiladi.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida “Uzum” market mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari, xususan iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari borasida tushuntirishlar berilib, tegishli xat kiritilgach, masala ijobiy yechim topib, defektli chiqqan idishlar to‘plami uchun to‘langan 700 000 so‘m mablag‘ iste’molchining plastik kartasiga qaytarib tushirib berilishiga erishildi.
Husnidaxon Yakubova,
jamiyat mutaxassisi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)
Отправить комментарий