Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari faoliyat yakunlari bo‘yicha hisobot berildi

Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari faoliyat yakunlari bo‘yicha hisobot berildi

Federatsiya Kengashining 15.10.2025 yildagi navbatdagi majlisida Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi va uning tarkibidagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan hisobot davrida (2024 yilning 4-choragi hamda 2025 yilning o‘tgan 9 oyi davomida) amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. Unda ta’kidlandiki,

  • Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida hisobot davrida hududiy birlashma va uning quyi tizimlari tomonidan jami 244 ta o‘quv seminarlari va 363 ta davra suhbatlari tashkillandi.

  • «Iste’molchi va uning huquqlari” rukni ostida radiokanallari orqali 25 ta yeshittirishlar, televidenie orqali 45 ta ko‘rsatuvlar berildi, Federatsiyaning rasmiy sahifalarida 287 ta, respublika nashrlarida 60 ta, mahalliy bosma internet sahifalarida 1 092 ta materiallar e’lon qilindi.

  • Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga jami 894 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shularning 403 tasi yozma, qolgan 491 tasi og‘zaki murojaatlardan iborat bo‘lgan. Murojaatlarning 867 tasi yoki 96,9 foizi to‘liq va o‘z muddatlarida o‘rganib hal qilingan bo‘lib, 27 tasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Murojaatlarni o‘rganish natijalari bilan iste’molchilar foydasiga jami 2 mlrd 150 mln 711 ming 708 so‘m mablag‘lar hal qilingan bo‘lib, shularning 1 mlrd 639 mln 448 ming 763 so‘mi tizim tashkilotlarining o‘z kuchlari bilan iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan mablag‘lar bo‘lsa, 511 mln 262 ming 945 so‘mi sudlarga kiritilgan da’vo arizalarini ko‘rib chiqilishi natijalari bilan iste’molchilar foydasiga undirilgan moddiy va ma’naviy zarar summalaridir.

  • Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga kelib tushgan murojaatlarning kelib tushish manbaalari tahlil qilinganda, ularning 1 ta yoki 0,15 %i «Prezidentga murojaat portali orqali, 10 ta yoki 1,51 % «Bosh prokuratura ishonch telefoni» orqali, 249 ta yoki 37,61 %i «Federatsiya ishonch telefoni» orqali, 21 ta yoki 3,17 %i «Federatsiya telegram boti» orqali, 613 tasi yoki 57,56 %i esa tizim tashkilotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushganligi qayd qilindi.

  • Ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash bo‘yicha 20 ta monitoring kuzatuvlari o‘tkazilib, shularning 1 tasi un va non mahsulotlari, 4 tasi ta’lim, 6 tasi sog‘liqni saqlash, 1 tasi uy-joy qurilishi va 8 tasi boshqa sohalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlardan iboratdir.

Отправить комментарий