Ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan tizimli asosda aholining ziyoli qatlami o‘rtasida amaldagi qonunchilik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Bu esa qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining yanada kengroq qatlamlariga yetib borishida o‘zining ijobiy natijalarini berishi shubhasiz.

Uchko‘prik tumani

Tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabida «Iste’molchilar huquklari — qonun himoyasida» mavzusida davra suhbati shaklidagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tadbir ishtirokchilariga amaldagi qonunchilik va sohaga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar yetkazildi. Sohaga oid qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish ishida davlat tashkilotlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarining o‘rni va ahamiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tilib, maktab jamoasini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Dang‘ara tumani

Tumandagi 28-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan targ‘ibot tadbirida amaldagi qonunchilik asoslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan iste’molchilik sohasiga oid qabul qilingan so‘nggi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirlar doirasida Federatsiya va uning hududiy organlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Отправить комментарий