Mebellar jamlamasining tarkibiy qismlaridagi nuqsonlar sabab to‘plam to‘lig‘icha almashtirildi

Mebellar jamlamasining tarkibiy qismlaridagi nuqsonlar sabab to‘plam to‘lig‘icha almashtirildi

Iste’mol sohasiga oid qonunlar iste’molchiga bir qator huquqlar va keng imkoniyatlar yaratib bergan. Faqat ulardan, yetarli asoslar bilan, o‘z o‘rnida foydalanish talab etiladi. Aytaylik, iste’molchi sotib olgan divan va ikkita kreslodan iborat jamlamadagi kreslolardan birida nuqson aniqlandi. Ushbu holatga iste’molchining nuqsonli tovarni almashtirib olish huquqidan kelib chiqib tushuntirish beradigan bo‘lsak, u bu holatda qonuniy huquqlaridan foydalanib sotuvchidan nuqsonli kresloni o‘zini almashtirib olishi mumkin bo‘lgani holda, qonun iste’molchiga butun to‘plamni sotuvchiga qaytarib, uni to‘lig‘icha almashtirib olish huquqini ham beradi.

Yozyovon tumanilik Sh.E. yakka tartibdagi T.I.ga qarashli bo‘lgan savdo do‘konidan 7 800 000 so‘mga sotib olgan mebellarning tarkibiy qismlarida hech qancha vaqt o‘tmasdan nuqsonlar kuzatilgan. Xususan, bo‘yoqlari o‘chib rangi oqarib ketish holatlari kuzatilgan, eshiklari yaxshi ochilib yopilmasdan turli noqulayliklarni keltirib chiqargan.

Iste’molchi murojaati o‘rganilganda uning tomonidan keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi tasdig‘ini topdi. Bu borada sotuvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasi bilan sifatsizligi da’vo qilingan mebellar to‘plamini boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi.

Shavkatjon Saidov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий