Bir million so‘mga sotib olingan uskunalar nosozlik sababli sotuvchiga qaytarildi

Bir million so‘mga sotib olingan uskunalar nosozlik sababli sotuvchiga qaytarildi

Surxondaryo viloyatilik N.P.ning Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi savdo do‘konidan 1 000 000 so‘mga bir qator uskunalar (chilangarlik apparati, drel, bolgarka) ni sotib olganligi va ularni nosoz chiqqanligi va sotuvchidan pullarini qaytarib ololmayotganligi holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat Buvayda tuman jamiyati mutaxassisi tomonidan o‘rganilishi jarayonida do‘kon sotuvchisi A.B. bilan uchrashilib, unga amaldagi qonunchilik targ‘iboti olib borilishi va yuzaga kelgan holatni muhokama qilinishi jarayonida u N.P. ga haqiqatan ham nomlari zikr etilgan uskunalarni sotilganligini tan olib, nosozligi da’vo qilingan tovarlarni xaridordan qaytarib olish va unga pullarini qaytarib berishni bo‘yniga oldi. Iste’molchi muammosi bartaraf etilib, unga o‘rganish yakunlari bo‘yicha yozma ravishda ma’lum qilindi.

Asror Yigitaliyev,
jamiyat raisi.

Отправить комментарий