6 million sömdan ortiq jarima bekor qilindi: fuqaro huquqi sudda himoyalandi

6 million sömdan ortiq jarima bekor qilindi: fuqaro huquqi sudda himoyalandi

Tekşiruvdagi kamçiliklar va hujjatlarni rasmiylaştiriş tartibiga oid savollar fuqaroga nisbatan qöllanilgan jarimaning bekor qilinişiga asos böldi.

Farğona viloyatining Marğilon şahrida yaşovçi M.I. öz huquqlarini himoya qiliş maqsadida iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi. Uning e’tirozi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi xodimi tomonidan ötkazilgan tekşiruv va qöllanilgan jarima bilan boğliq edi.

Fuqaro M.I.ning arizasida bayon etilişiça, inspeksiya vakili u mas’ul xodim bölib işlovçi Marğilon şahridagi 8-maktab hududida suv hisoblagiçlarini tekşirgan. Fuqaroning ta’kidlaşiça, maktabdagi ikkita suv hisoblagiç işçi holatda bölib, ularning körsatkiçlari asosida maktabgaça va maktab ta’limi bölimi tomonidan suv uçun tölovlar har oyda amalga oşirib kelingan.

Şuningdek, arizada suv hisoblagiçlari quriliş taşkiloti tomonidan örnatilgani, maktab binosi yaqinda ta’mirdan çiqarilgani va quruvçi tomonidan hali dalolatnoma asosida topşirilmaganini fuqaro tuşuntirişga uringaniga qaramasdan, tekşiruv natijalariga köra, unga nisbatan 6 million 180 ming söm jarima qöllangan. Fuqaro esa mazkur holatda özining aybi yöqligini bildirib, jarimani bekor qilişda amaliy va huquqiy yordam sörab murojaat qilgan.

Mazkur masala sudda körib çiqildi. Sud iş materiallari, tekşiruv hujjatlari va taraflarning tuşuntirişlarini örganib, jarima qöllaşga asos bölgan holatlarga huquqiy baho berdi.

Sud hujjatida tekşiruv jarayoni va ma’muriy işni rasmiylaştiriş bilan boğliq holatlar tahlil qilinib, fuqaroga nisbatan qöllanilgan jarimani bekor qiliş uçun asoslar mavjudligi qayd etildi.

Natijada, M.I.ga nisbatan qöllanilgan 6 million 180 ming söm jarimani bekor qiliş haqidagi talab qanoatlantirildi. Şuningdek, hujjatda davlat bojini inspeksiyadan undiriş masalasi ham hal etildi.

Mazkur voqea har qanday tekşiruv va ma’muriy işda hujjatlarning töğri rasmiylaştirilişi, holatlarning xolis örganilişi hamda fuqaroga öz e’tirozlarini bildiriş imkoniyati berilişi muhimligini körsatadi.

Agar fuqaro öziga nisbatan qöllanilgan jarimani asossiz deb hisoblasa, tekşiruv hujjatlari bilan tanişişi, mavjud dalillarni töplaşi va belgilangan tartibda şikoyat qilişi mumkin. Zarur hollarda huquqiy yordam söraş va sudga murojaat qiliş ham huquqlarni himoya qilişning qonuniy usullaridir.

Eng muhimi — öz huquqlaringizni biling, hujjatlarni saqlang va qarorlardan norozi bölsangiz, qonuniy tartibda e’tiroz bildirişdan çöçimang.

Отправить комментарий