Sog` tanda — sog`lom aql

Sog` tanda — sog`lom aql

Barchamizga maʼlumki, 15 mart Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni” deb eʼtirof etilgan. O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan har yili mazkur sanaga bag`ishlab tarli maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini o`tkazish anʼanaga aylangan. Rishton tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman Xalq taʼlimi bo`limi hamkorligida maktab o`quvchi qizlari o`rtasida o`tkazilgan sport musobaqasi ham ana shu sanaga bag`ishlandi.
Sport tadbirida tumandagi 8, 13, 27, 30, 32, 35 va 42-umumtaʼlim maktablarining 10-11 sinflari o`quvchi qizlari sportning basketbol turi bo`yicha o`zaro kuch sianshdilar. Sport musobaqasining 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” arafasida o`tkazilishi va unda to`liq qizlardan iborat jamoalarning ishtirok etganligi tadbirga o`zgacha tarovat va ko`tarinki ruh bag`ishladi.
O`tkazilgan musobaqa yakunlariga ko`ra, 30-umumtʼalim maktabi oʼquchi qizlari birinchi, 8-umumtaʼlim maktabi ikkinchi va 27-umumtaʼlim maktabi o`quvchi qizlari esa uchinchi o`rinlarni zabt etdilar. G`oliblarga Rishton tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining qimmatbaho sovg`alari va “Faxriy yorliq”lari topshirildi.
Musobaqa doirasida o`quvchi yoshlarga dunyoda va mamlakatimizda isteʼmolchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, uning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o`rni va roli xususida ham maʼlumotlar berib o`tildi.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий