Tizim xodimlari kitobxonlik haftaligi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqdalar

Tizim xodimlari kitobxonlik haftaligi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqdalar

Hukumat qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlangan. Qarorga ko‘ra, 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilangan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimidagi tashkilotlar ham joriy yil 5-9 aprel kunlarida o‘tkaziladigan mazkur haftalikda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Bugun Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi o‘zi tahsil olgan 4-umumta’lim maktabining jajji sinf o‘quvchilariga ertak kitoblari va o‘quv qurollaridan iborat jamlama hadya qildi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий