Quvada tuman jamiyati faoliyat yakunlari tahlil qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi

Quvada tuman jamiyati faoliyat yakunlari tahlil qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi

Quva tumanida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davri sarhisobiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hisobot davrida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida olib borilgan ishlar tahlil qilinib, tuman jamiyatining kelgusi rejalari yig‘ilish ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashildi.

Yig‘ilish jamiyat raisi Adhamjon Xamidovning tuman jamiyati tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini tingladi va ma’qulladi.
Shuningdek, Federatsiyaning hududdagi tayanch guruhlari faollari ichidan hududiy birlashmaning navbatdagi konferensiyasida ishtirok etuvchi vakillar ham saylab olindi.

Umumiy yig‘ilish ishida hududiy birlashma mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий