Hududiy birlashmaning navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya Kengashining 2022 yil 21 yanvardagi majlisi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazildi.
Navbatdan tashqari konferensiyani hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliev kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.
Navbatdan tashqari konferensiya Zoom platformasi vositasida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazildi.
Konferensiya kun tartibida 2 ta asosiy masala ko‘rib chiqildi. Bulardan birinchisi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining yangi tahrirdagi Ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasi, ikkinchisi Federatsiyaning navbatdan tashqari Konferensiyasiga vakillar saylash.
Hududiy birlashmaning navbatdan tashqari konferensiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni atroflicha muhokama qildi hamda tegishli qarorlarni qabul qildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий