Sotib olingan tovar sifati va butligini o‘rnida tekshirib olish huquqi ta’minlab berilmasligi turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda

Sotib olingan tovar sifati va butligini o‘rnida tekshirib olish huquqi ta’minlab berilmasligi turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda

O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro K.Ya.ning “Uzum market” ilovasi orqali xarid qilingan tovarning qadog‘i buzilgan hamda shartnomada kelishilganidan boshqa mahsulot holida chiqqanligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining ma’lum qilishicha, u tovarni uyga keltirib ochib ko‘rishi davomida mahsulotning qadog‘i buzilgan holatdaligini, kamiga ushbu mahsulot o‘zi buyurtma bergan mahsulotdan boshqa mahsulot ekanligini ko‘radi. Agar mahsulotni iste’molchining qo‘liga topshirilishi jarayonida, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, sotib olingan tovar sifatini, butligini o‘rnida tekshirib olish huquqi ta’minlab berilganida edi, ushbu nohush holatning oldi olingan bo‘lar edi.

Mazkur murojaat hududiy tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida iste’molchi bilan bog‘lanilib holatga yanada oydinlik kiritib olingach, “Uzum market”ning Yaypan shahridagi tarqatish punktiga aloqa xati orqali murojaat qilindi.
Mazkur aloqa xatiga yuborilgan javob xatida iste’molchi murojaatida ko‘rsatilgan etirozlar to‘liq bartaraf etilishi, iste’molchi tomonidan olingan mahsulotni o‘z hohishiga ko‘ra almashtirib olishi yoki uning uchun to‘langan 177 000 so‘m pulini qaytarib olishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Isomiddin Abbasov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий