«Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internati mehnat jamoasi ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkillandi

«Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internati mehnat jamoasi ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkillandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shunday xayrli chora-tadbirlardan biri ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berishga mo‘ljallangan «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun Farg‘ona shahridagi ana shunday ta’lim maskanlaridan birida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.

Ushbu ta’lim maskanida Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi hamda hududiy birlashma hamkorligida tashkillangan targ‘ibot tadbirida maktab-internatida mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog va texnik xodimlar ishtirok etdilar. Dastlab tadbir ishtirokchilariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini himoya qilish, shuningdek ushbu jarayonda davlat organlari, sud idoralari va jamoat tashkilotlari yordamidan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati, Federatsiyaga a’zolikning afzalliklari, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida ijtiomiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini olib borish va buning natijasida aholi vakillari uchun yaratiladigan imkoniyatlar kabi masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Tadbirning ikkinchi qismida esa ishtirokchilarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, maktab jamoasi va federatsiya o‘rtasida keng qamrovli ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, jamoa a’zolarining iste’mol sohasiga oid murojaatlarini samarali hal qilish chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadida ta’lim maskanida yaqindan tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilot faoliyatini kengaytirishga kelishib olindi.

Отправить комментарий