Shifobaxsh damlama uchun to‘langan pul iste’molchiga qaytarildi

Shifobaxsh damlama uchun to‘langan pul iste’molchiga qaytarildi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanilik B.R.ning shifobaxsh damlamalardan sotib olib iste’mol qilish bilan dardiga shifo topmagani sababli mazkur damlamalarni xarid qilish uchun sarflagan 1 960 000 so‘m pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati hududiy tegishliligi bo‘yicha Federatsiyaning Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Iste’molchi shahardagi «D.A.» MChJdan shifobaxsh choy damlamalarini xarid qilganini, lekin damlamalarni iste’mol qilib borishi bilan dardiga shifo topmaganini vaj qilib qilib ko‘rsatib, unga pullari qaytarilishida yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizasiya qilayotgan tovarlar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. bunday ma’lumotni berilmasligi, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilishi esa iste’molchiga shartnomani bekor qilish va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqini vujudga keltiradi.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganishda sotuvchi tomonining mas’ullari bilan olib borgan muzokaralari davomida iste’molchiga damlamaning xususiyatlari, xususan uning dori vositasi emasligi bo‘yicha to‘laqonli tushuntirishlar berilmagani, bu esa shartnomani bekor qilishga asos bo‘lishi yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tganlaridan so‘ng, o‘rganish ishlari iste’molchining bank plastik kartasiga 1 960 000 so‘m pulini qaytarilishi bilan yakun topdi.

Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий