Shartnoma bekor qilingan bo‘lsa-da, oldindan to‘lov summasini qaytarish ishlari cho‘zib yuborilgan

Shartnoma bekor qilingan bo‘lsa-da, oldindan to‘lov summasini qaytarish ishlari cho‘zib yuborilgan

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Samarqand viloyati Ishtixon tumanilik S.O.ning onlayn savdo vositasida telefon apparati xarid qilish uchun oldindan to‘lov summasini to‘lagani, lekin u to‘lovni amalga oshirgan do‘konda ushbu mobil qurilmadan sotuvda qolmagani sababli shartnomani bekor qilib, oldindan to‘lov summasini qaytarib ololmayotganligi xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, u internet orqali Marg‘ilon shahrida joylashgan savdo do‘koniga uyali telefon apparatiga buyurtma qilib, shartnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan 100 000 so‘m oldindan to‘lovni ham amalga oshirgan. Rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilgandan so‘ng do‘konda iste’molchi buyurtma qilgan rusumdagi telefon apparatidan sotuvda qolmagani ma’lum bo‘lgan. Iste’molchi shartnomani bekor qilib, to‘lagan pulini qaytarishlarini so‘ragan. Biroq bu ishlar biroz cho‘zib yuborilgach, ushbu masalani qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Murojaatni Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida shahardagi «House mobile» savdo do‘koni mas’ullari bilan uchrashilib, yuzaga kelgan holatga aniqlik kiritilgach, o‘rganish ishlari jarayonini o‘zida iste’molchi S.O. tomonidan amalga oshirilgan 100 000 so‘m oldindan to‘lov summasi uning bank plastik kartasiga qaytarilib, muammoni bartaraf etilishiga erishildi. O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borildi.

Nigora Usmonova,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий