Yoshlar vakillari bilan muloqot o‘tkazildi

Yoshlar vakillari bilan muloqot o‘tkazildi

O‘zLideP Farg‘ona shahar Kengashi tashabbusi hamda Federatsiya, Raqobat boshqarmasi hamda Xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashi deputatlari hamkorligida Janubiy Koreyaning Ulsan shahriga malakali kadrlarni tayyorlash markazi tinglovchilari uchun «Siyosiy munozara» yoshlar debat klubi tadbiri tashkillandi.

Muloqot davomida tinglovchilarga mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy bilimlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, bu boradagi davlat siyosati asoslari, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bu bilan ishlab chiqarish, savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tovar (ish, xizmat)lar iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish va bu boradagi jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali tadbirkorlarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish kabi masalalarda o‘zaro fikr va mulohazalar bildirilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Отправить комментарий