Ta’lim va tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Ta’lim va tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi ta’lim va tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati va asoslari targ‘iboti yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Jamiyat xodimlari tomonidan Urganji oilaviy shifokorlik punkti hamda 4-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlarda mamlakatimizning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, iste’molchilarning asosiy huquq va majburiyatlari, iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va taraqqiy topishi, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yakunlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbirlar davomida iste’mol sohasiga oid muammolar vujudga kelganda vakolatli idoralarga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga jamiyat xodimlari tomonidan javoblar qaytarildi.

Raufjon Tuychiev,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий