Targ‘ibot va tushuntirishlar natijasida a’zolarimiz safi kengaymoqda

Targ‘ibot va tushuntirishlar natijasida a’zolarimiz safi kengaymoqda

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli asoslarda tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida ham bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lim xodimlari ishtirokida o‘ktazilgan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini himoya qilish, shuningdek Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati, Federatsiyaga a’zolikning afzalliklari, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini olib borish va buning natijasida aholi vakillari uchun yaratiladigan imkoniyatlar kabi masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra ikki tashkilot o‘rtasida keng qamrovli ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, jamoa a’zolarining iste’mol sohasiga oid murojaatlarini samarali hal qilish chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadida bo‘limda Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий