Ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan bir qator ta’lim muassasalarida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shahardagi 1, 3, 12, 16, 29, 30-umumta’lim maktablari pedagog va texnik xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqot shaklidagi tadbirlar shular jumlasidandir.

Targ‘ibot tadbirlarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, uning ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta’lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub’ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirlar doirasida sohada mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog va texnik xodimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, o‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga ko‘ra tashkilotlar o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Mansurjon Toshkanov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий