Onlayn savdo vositasida xarid qilingan mobil qurilma nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarildi

Onlayn savdo vositasida xarid qilingan mobil qurilma nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarildi

Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yashovchi A.X.ning foydalanishda bo‘lgan va kafolat xati bilan 3 574 000 so‘mga onlayn savdo usulida xarid qilingan mobil telefon bilan bog‘liq e’tirozlarini bildirib, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatchiga ko‘ra, iPhone 11 Pro rusumidagi mobil qurilma kafolat xati bilan, onlayn savdo vositasida, Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “House mobile” savdo do‘konidan xarid qilingan va BTS pochta operatori yordamida iste’molchiga yetkazilgan. Iste’molchi yetkazib berilgan tovardan foydalanib ko‘rishi jarayonida telefonning dinamigi yaxshi ishlamagan, shuningdek quvvatini ortiqcha tez sarf bo‘lish holati kuzatilgan. Sotuvchiga bog‘lanib bu borada bildirilgan e’tirozlaridan natija chiqara olmagach, Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilib, muammoni hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun 6-moddasiga ko‘ra, sotuvchi iste’molchiga o‘zi realizasiya qilayotgan tovar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»ning 14-bandiga ko‘ra, agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste’mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, xaridorga bu to‘g‘rida ma’lumot berilishi kerak.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida sotuvchiga qonunning mazkur talablari yuzasidan tushuntirishlar olib borilgandan so‘ng sotuvchi tomoni shartnomani bekor qilish va nuqsonli ekanligi da’vo qilingan tovarni qaytarib olib, iste’molchiga to‘lagan pulini qaytarishga qaror qildi. O‘rganish ishlari esa iste’molchining bank kartasiga pullarini qaytarilishi bilan yakun topdi.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий