Fond rahbari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan muloqot o‘tkazdi
Farg‘ona shahridagi «NNTlar uyi»da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Husanovning viloyatdagi bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jamoat fondi tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish ishlarida fuqarolik jamiyati institutlariga soliqlar sohasida berilgan yengilliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar monitoringi, grantlar, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtmalarni ajratilishida va bu boradagi loyihalarni amalga oshirilishida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan yangi onlayn platforma va uning imkoniyatlari, shuningdek Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan 1-grant tanlovida Farg‘ona viloyatidagi NNTlarning ishtiroki masalalarida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Muloqot doirasida tadbir ishtirokchilarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, NNT vakillarining Jamoat fondi faoliyatiga oid savollariga javoblar qaytarildi.
Отправить комментарий