Umumta’lim maktablari jamoalari ishtirokidagi tadbirlar davom ettirilmoqda
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan o‘quv yili nihoyasida shahardagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz. Shunday tadbirlar 5, 7, 9, 11, 13, 15 va 22-umumta’lim maktablarida ham o‘tkazildi.
Umumta’lim maktablarining pedagog va texnik xodimlari ishtirokida, yuzma-yuz muloqot shaklida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, uning ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta’lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub’ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib borilmoqda.
Tadbirlar doirasida sohada mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog va texnik xodimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, o‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga ko‘ra tashkilotlar o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishilmoqda.
Mansurjon Toshkanov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий