Dang‘arada ham targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Dang‘arada ham targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Dang‘ara tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan ham hududdagi ta’lim muassasalarida yuzma-yuz muloqot tarzidagi targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri tumandagi 30-umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi.

Maktabning pedagog xodimlari ishtirokida tashkillangan muloqot doirasida ishtirokchilarga mamlakatimiz iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, iste’molchilarning asosiy huquq va majburiyatlari, iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida iste’mol sohasiga oid muammolar vujudga kelganda vakolatli idoralarga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarildi.

Raufjon Tuychiev,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий