Targ‘ibot tadbirlari huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi

Targ‘ibot tadbirlari huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi

Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga asosan tumandagi korxona va tashkilotlarda turli tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi aholining huquqiy savodxonligi hamda qonunchilik yangiliklaridan xabardorligini oshirishdan iboratdir. Tumandagi 1-son Politexnikumida tashkillangan davra suhbati ham shu kabi tadbirlardan biridir.

«Iste’mol madaniyati nima?» mavzusida o‘tkazilgan tadbirda barchaning iste’molchi ekanligi, shundan kelib chiqqan holda iste’molchi sifatidagi o‘z huquq va majburiyatlarini bilishning ahamiyati, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, faqatgina o‘z huquqlarini bilib, talab qilishgina emas, balki o‘zgalarning huquqlariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lishni unutmaslik kabi masalalarda fikr va mulohazalar almashildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Tuman jamiyati tomonidan bu kabi tadbirlarni hududdagi boshqa korxona va tashkilotlarda ham yil davomida, tizimli asoslarda o‘tkazib borilishi ko‘zda tutilgan.

Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий