Boshlang‘ich tashkilotlar faollari bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda

Boshlang‘ich tashkilotlar faollari bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda

Marg‘ilon shahrida tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)lar faollarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hamda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatidagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan xabardorliklarini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda. Shahardagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham shu yo‘nalishdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Federatsiya faollariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi yangiliklar, iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, tizim tashkilotlari tomonidan iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash natijalari, davlat nazorati idoralari bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik masalalaridagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida soha hamda uning rivojiga oid masalalarda o‘zaro fikr va mulohazalar hamda takliflar ham tinglandi.

Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий