Bag‘dod tumanidagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Bag‘dod tumanidagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Bag‘dod tumanida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan hududdagi tibbiyot tashkilotlari xodimlari bilan uchrashib, ularga iste’molchilarning asosiy huquqlari, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar, tovarni qaytarish, bepul ta’mirlatish, shartnomani bekor qilish, sudga murojaat qilish tartiblari yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tuman Tez tibbiy yordam bo‘limida tashkillangan tadbir ham ana shunday tadbirlardan biri sanaladi.

O‘tkazilgan tadbirda qonun targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Tuman jamiyati bu boradagi targ‘ibot tadbirlarini davom ettirmoqda.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий