Marg‘ilonda tibbiyot tashkilotlari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkillanmoqda

Marg‘ilonda tibbiyot tashkilotlari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkillanmoqda

Marg‘ilon shahar Iste’mlchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham davlat tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishida tasdiqlangan reja asosida yuzma-yuz muloqot shaklidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Shaharning Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkillangan targ‘ibot tadbiri «Qonunchilikdagi yangiliklaridan xabardor bo‘ling» deb nomlanib, unda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik, qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir doirasida shaharda tibbiyot sohasi tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining iste’molchilik sohasini tartibga solishga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalaridagi takliflari tinglandi hamda savollariga javoblar qaytarildi.

Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий