Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Uchko‘prik tumanidagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha, tasdiqlangan reja asosida, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Tumandagi 62-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ham yuqoridagi reja asosida o‘tkazgan tadbirlardan biri sanaladi.

“Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” nomi ostida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda poliklinika xodimlari bilan mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazorati, shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikning tutgan o‘rni va ahamiyati borasida fikr-mulohazalar almashildi.

O‘tkazilgan tadbirda qonun targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий