Ishdagi nuqson bepul bartaraf etildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida O‘zbekiston tumanilik O.J.ning servis kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi foydalanuvidagi kondisioner yaxshi ishlamay qolganidan so‘ng Artel servis markaziga murojaat qoldirgan. Servis markazi ustalari kondisionerni ko‘rikdan o‘tkazgan va platasi kuyganligini aniqlab, uni almashtirib berganlar. Buning uchun 510 000 so‘m to‘lov olingan. Kondisioner shundan so‘ng ham yaxshi ishlamagach iste’molchi ushbu masalada Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida servis markazi mas’ullari bilan uchrashilib, holatga oydinlik kiritildi. Qonunchilikka ko‘ra, ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari, xususan ijrochi ish bajarish jarayonida jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, iste’molchida nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, ishning takroran bajarilishini yoki shartnoma bekor qilinib, ko‘rilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilish huquqlari mavjudligi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bundan kelib chiqqan holda ijrochi tomonidan ish takroran bajarildi va kondisionerga sifatli, boshqa plata qo‘yib berilib, kondisionerni soz holatga keltirildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)
Отправить комментарий