Yozyovon va Toshloq tumanlaridagi tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona viloyatida Federatsiya topshirig‘i va belgilangan reja asosida hududlardagi davlat tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Tadbirlar doirasida ishtirokchilarning sohaga oid savollariga javoblar qaytarish, shuningdek ularning qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladigan murojaatlarini tegishli tartibda qabul qilib olib, ularni hal qilib borish ham ko‘zda tutilgan.
Yozyovon tumani
Tumandagi «Soybo‘yi» oilaviy shifokorlik punkti hamda mazkur shifokorlik punkti filiali tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida qonun targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Toshloq tumani
Tumandagi «Mehnatobod» oilaviy shifkorlik punktida «Iste’molchi huquqlari himoyada» mavzusida tashkillangan navbatdagi targ‘ibot tadbirida muassasa tibbiyot xodimlariga amaldagi qonunchilik, unga ko‘ra iste’molchi huquqlari va xizmat ko‘rsatuvchi majburiyatlari, iste’molchiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuning bilan birgalikda, tadbir ishtirokchilari Federatsiya hamda uning hududiy tashkilotlari tomonidan joylarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borayotgan ishlari yuzasidan axborotlar bilan ham tanishtirib o‘tildi.
Отправить комментарий