Kun tartibida sog‘lom atrof-muhit va bolalar salomatligi masalalari

Kun tartibida sog‘lom atrof-muhit va bolalar salomatligi masalalari

Farg‘onada amaldagi qonunchilik targ‘iboti tadbirlari davom ettirilmoqda. Jumladan, Farg‘ona tumanida Ekologik partiya faollari bilan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilingan bo‘lsa, Qo‘shtepada bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalariga bog‘liq bo‘lgan tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona tumani

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati idorasida O‘zbekiston ekologik partiyasi tuman kengashi faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman aholisiga Vazirlar Mahkamasining 06.02.2019 yildagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalari» asosida xizmatlar ko‘rsatilishi ahvoli, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Tuman jamiyati raisi Sh.Ibragimov hudud aholisidan mazkur yo‘nalishda kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganib chiqilishi natijalari haqida axborot berib o‘tdi. Uchrashuv doirasida hudud aholisiga qattiq va va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar ustidan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini olib borish, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflarni Xalq deputatlari tuman kengashi muhokamasiga kiritib borish yuzasidan takliflar bildirildi.

Qo‘shtepa tumani

Tumandagi 36-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari o‘rtasida «Bolalar salomatligi uchun sifatli mahsulotlarni tanlaymiz» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bolalar (yosh iste’molchilar) iste’moli uchun berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga mos bo‘lishi, ularning hayoti, sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi borasidagi talablar ta’minlab berilishi kabi masalalarida so‘z bordi. Tadbir doirasida Federatsiya tizim tashkilotlariga bu borada aholidan kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tildi.

Отправить комментарий