Noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi xarid qilingan tovarni sotuvchiga qaytarishga asos bo‘la oladi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, sotuvchi iste’molchiga o‘zi realizasiya qilayotgan tovar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bu esa agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste’mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, oldi-sotdi jarayonida xaridorga bu to‘g‘rida ma’lumot berilishini shart qilib qo‘yadi. Bu holat «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»ning 14-bandi ikkinchi qismida ham alohida ko‘rsatib o‘tilgandir. Sotilgan tovar haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilishi esa iste’molchiga shartnomani bekor qilish va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqini beradi.
Qo‘qon shahrida yashovchi U.F.ning Federatsiya telegram botiga qilgan murojaatini o‘rganilishi doirasida shunday holatlardan biriga duch kelindi. Murojaatda unga shahardagi «Ishonch kredit savdo» do‘konlar tarmog‘i tomonidan avval iste’molda bo‘lgan iPhone 15 Pro rusumli mobil qurilma bo‘lib to‘lash shartlarida 15 655 500 ni so‘mga sotilganligi, lekin mobil qurilmani ochilganligi va ekrani almashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmaganligi da’vo qilinib, uni almashtirilishi yoki shartnoma bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘raladi.
O‘rganish ishlari davomida sotuvchi tomoni mas’ullari bilan olib borilgan muzokaralar davomida iste’molchining murojaatida keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi tasdig‘ini topgach, iste’molchiga sotilgan mobil qurilma yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot tufayli realizasiya qilinganidan kelib chiqib, sotuvchi tomonidan uni iste’molchidan qaytarib olindi va uning zimmasiga iste’molchini xuddi shu rusumdagi boshqa maqbul sifatdagi mobil qurilma bilan ta’minlash majburiyati yuklandi.
Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий