Maishiy xizmatlar yo‘nalishida shartnomani bekor qilish asoslari

Maishiy xizmatlar yo‘nalishida shartnomani bekor qilish asoslari

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalarining “Buyurtmani bajarish va uni berish” bo‘limi maishiy xizmatlarga berilgan buyurtmalarni sifatli, belgilangan tartib va muddatlarda bajarish hamda buyurtmachiga topshirish jarayonini huquqiy va texnik jihatdan talablar bilan ta’minlash maqsadini ko‘zda tutadi. Shu o‘rinda, Qoidalarga ko‘ra, shartnoma buyurtmachi (iste’molchi) tomonidan qanday hollarda bekor qilinishi mumkinligiga e’tiborlaringizni qaratsak.

Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega buladi:

agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt shartnomani bajarishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki buyurtmani bajarish muddati asossiz buzilayotgan bo‘lsa;

agar bajarilgan ishdagi aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmagan bo‘lsa;

agar bajarilayotgan ishda jiddiy kamchiliklarga, shartnomadan chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilgan yoki buyurtma tuzatish mumkin bo‘lmagan nuqsonlar bilan bajarilgan bo‘lsa. Bunda, agar buyum buyurtmachi materialidan tayyorlangan bo‘lsa, buyurtmachi shu turdagi shunday sifatdagi materiallardan boshqa buyum tayyorlab berilishini talab qilishga haqli.

Shartnoma bekor qilingan taqdirda buyurtmachi zararning shartnoma bekor qilingan vaqtda amalda bo‘lgan narxlarda qoplanishini talab qilishga haqli.

Shuning bilan birgalikda, buyurtmachi shartnomani ish tugallanishidan oldin istalgan vaqtda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga ishning bajarilgan qismi qiymatini to‘lab va zararlarni shartnomani bekor qilish vaqtida amalda bo‘lgan narxlarda qoplab ham bekor qilishi mumkin.

Отправить комментарий