Brifing || Toshloq tumani

Brifing || Toshloq tumani

Assalomu alaykum,

Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘tgan 2025 yilda iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning murojaatlari bilan ishlash va samarali hal qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonnchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish yo‘nalishlarida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan,

Aholi vakillarining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatini, shuningdek sohaga oid qonunchilik asoslarini keng targ‘ib qilish maqsadida hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda 47 ta o‘quv seminarlari va davra suhbatlari shaklidagi tadbirlarni tashkilladik va o‘tkazdik, olib borilayotgan ishlardan aholining xabardoriligini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida 204 marotaba chiqishlar tashkillandi.

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash va iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida hisobot davrida jamiyatimizga aholi vakillaridan kelib tushgan 51 ta murojaatlarni o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilish chora-tadbirlari ko‘rildi. Shularning 13 tasi Federatsiya ishonch telefoni va telegram boti orqali qabul qilib olingan bo‘lsa, 38 tasi tumanimiz aholisi tomonidan jamiyatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma va og‘zaki shakllarda berilgan murojaatlardir.

Murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalari bilan iste’molchilar foydasiga 114 mln 400 ming so‘m mablag‘larni qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishildi.
Kelib tushgan murojaatlarni tarkibiga qaralsa, ularning 8 tasi yozma, 43 tasi og‘zaki shaklda kelib tushgan bo‘lib, sohalar kesimida ko‘rilganda, eng ko‘pi, ya’ni 43,1 foizi savdo masalalarida yuzaga kelgan muammolar, 23,5 foizi kommunal idoralar: elektr, gaz va suv ta’minoti tashkilotlari xizmatlari yuzasidan, yana 23,5 foizi servis xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yuzaga kelgan muammolarni o‘z ichiga olgan.

Yuqoridagilarga yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, tuman jamiyati qoshida tashkil etilgan “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonasi orqali ham aholi vakillarimizga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, o‘tgan yilda ushbu maslahatxona orqali 34 nafar fuqarolarga savdo, elektr, gaz, suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik, servis xizmatlari, transport va boshqa sohalar yuzasidan huquqiy maslahat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuning bilan birgalikda, tuman jamiyati tomonidan federatsiya hamda hududiy birlashma topshiriqlari asosida, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari, ish, xizmatlari sifati va xavfsizligini amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi yuzasidan 14 ta jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv (o‘rganuv)lar ham o‘tkazilib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarga tegishli ma’lumotnomalar kiritildi.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan hudud aholisining iste’molchilik sohasiga oid bilimlarini va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borish ishlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.

E’tiborlaringiz uchun rahmat!

Отправить комментарий