Iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflari kengayib bormoqda

Iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflari kengayib bormoqda

Federatsiya tizim tashkilotlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri joylarda targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish yo‘li bilan aholining keng qatlamlari vakillari huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflarini kengaytirishdan iboratdir.

Marg‘ilon shahri

Marg‘ilon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Qurilish texnikumida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasi xodimlari o‘rtasida amaldagi qonunchilik targ‘ibotini olib borish, ularga iste’molchilik ijimoiy harakatida ishtirok etishning afzalliklarini tushuntirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir doirasida shahardagi boshqa ta’lim muassasalarida tashkillangan tayanch guruhlari faoliyati, ular bilan olib borilayotgan hamkorlik, ularda mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xodimlarning iste’molchilik huquqlarini kafolatli himoyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunlari bilan mazkur tashkilotda Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Beshariq tumani

Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan «Fuqarolar murojaatlari hamisha e’tiborda» mavzusi ostida Beshariq tez tibbiy yordam bo‘limida tashkillangan davra suhbatida ham bu yerda mehnat faoliyati olib borayotgan tibbiyot xodimlarining iste’molchilik sohasiga oid muammolarini tezkor va samarali hal etib borish uchun ularni iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etib borishga chaqirilib, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, sohaga oid qonunchiilk ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchiilk nazorati tadbirlari yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Bag‘dod tumani

Tuman jamiyati mutaxassislari 6-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davra suhbati tarzidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar. Tadbir doirasida amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, o‘z huquqlaridan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, tizim tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunlari bilan ta’lim muassasasida tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Dang‘ara tumani

Tumandagi 107-oilaviy poliklinikada tashkillangan davra suhbati tarzidagi mehnat jamoasi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot shaklidagi tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, uning ijrosini ta’minlash va ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borishda Federatsiyaning joylarda tashkillangan tayanch guruhlarini o‘rni va roli, iste’molchilik ijtimoiy harakatida ishtirok etishning ahamiyati haqida so‘z bordi. Tadbir doirasida tashkilot va tuman jamiyati o‘rtasida yanada yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish masalalari ham muhokama qilindi.

Отправить комментарий