Amaliyotchi talabalarga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati yaqindan tanishtirildi
An’anaga ko‘ra har yili turli oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘z ta’lim olayotgan sohasi yo‘nalishida korxona, tashkilot, idora va muassasalarga amaliyot o‘tash chiqadilar. Bu esa ularga ta’lim muassasasida olingan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatda sinab ko‘rish, o‘z ustida mehnat qilib qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar olish kabi imkoniyatlarni beradi.
Jumladan, Farg‘ona davlat universitetining filologiya fakultetida jurnalistika yo‘nalishida ta’lim olayotgan bir guruh talabalar Federatsiyaning Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasiga yuborilgan bo‘lib. ular bu yerda Matbuot xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugun amaliyotchi talabalarga dunyoda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, mamlakatimizda mazkur sohadagi qonunchilikni yuzaga kelishi, shuningdek jamoat tashkilotlarini tashkil topishi va taraqqiyoti, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari yuzasidan atroflicha axborotlar berib o‘tib, ular bilan amaliyotni samarali va mazmunli tashkil etish borasida kelishib olindi.



Отправить комментарий