«Yoshlar kuni»: bo‘lg‘usi huquqshunoslar huzurida
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida haftaning har payshanba kunlari “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashilib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasiga oid turli masalalarda suhbatlar o‘tkazib borilmoqda.
Bu galgi uchrashuvimiz Farg‘ona yuridik texnikumi talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Undagi asosiy mavzu “Axborot asrida yosh iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” masalasiga bag‘ishlanib, internet keng rivojlangan bugungi kunda yoshlarda moliyaviy hamda media savodxonlik, internetdagi turli firibgarliklardan ogoh bo‘lish, bu borada muammolarga duch kelinganda amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar hamda vakolatli idoralarga murojaat qilish tartiblari yuzasidan tushuncha va malakalarini oshirish kabi mavzularni qamrab oldi. Shuning bilan birgalikda, mazkur tadbir mamlakatimizning «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinganining 30 yilligi arafasida o‘tkazilayotganligiga ham alohida e’tibor qaratib o‘tilib, qonunchilik va uni vujudga kelishi asoslari yuzasidan ham axborot va tushunchalar berib o‘tildi.
Suhbat davomida internet vositasida onlayn savdoni amalga oshirish, moliyaviy firibgarliklar, savdoni moliyaviy piramidalar va tarmoqli marketing tarzida amalga oshirilishi yo‘nalishlarida aholi (iste’molchilar) duch kelayotgan muammolar aniq misollar tarzida ochib berilib, kiberxavsizlik, spam, fishinglardan ehtiyot bo‘lish, doirasida yoshlarni bu boradagi fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga javoblar qaytarildi.



Отправить комментарий