Soha rahbar va mas’ul xodimlari «Yoshlar kuni» tadbiri doirasida maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamkorligida haftaning har payshanba kunlari “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashilib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasiga oid turli masalalarda suhbatlar o‘tkazib borilmoqda. Shu kunga qadar hududiy boshqarma va hududiy birlashma hamkorligida bir qator oliy va professional ta’lim muassasalarida yoshlar bilan uchrashilib, ularning sohaga oid bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.
Bu galgi uchrashuv Farg‘ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Dastlab mazkur tadbir doirasida 2026 yilning 26 aprel kunida qabul qilinganiga 30 yil to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga alohida e’tibor qaratib o‘tilib, Raqobat boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Turanov qonunchilik va uni vujudga kelishi asoslari yuzasidan atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Ahrorjon Raxmonaliev mazkur qonun asosida iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va Federatsiya faoliyati haqida tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, tadbir doirasida — “Axborot asrida yosh iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” masalasiga ham to‘xtalib o‘tilib, internet keng rivojlangan bugungi kunda yoshlarda moliyaviy hamda media savodxonlik, internetdagi turli firibgarliklardan ogoh bo‘lish, bu borada muammolarga duch kelinganda amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar hamda vakolatli idoralarga murojaat qilish tartiblari yuzasidan tushunchalar berildi.
Suhbat davomida internet vositasida onlayn savdoni amalga oshirish, moliyaviy firibgarliklar, savdoni moliyaviy piramidalar va tarmoqli marketing tarzida amalga oshirilishi yo‘nalishlarida aholi (iste’molchilar) duch kelayotgan muammolar aniq misollar tarzida ochib berilib, kiberxavsizlik, spam, fishinglardan ehtiyot bo‘lish, doirasida yoshlarni bu boradagi fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga javoblar qaytarildi.



Отправить комментарий