Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun uyda yakka tartibda ta’lim olishga yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638-sonli qarori bilan “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan bo‘lib, Federatsiya topshirig‘i asosida mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan), shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ga qatnay olmaydigan) bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim olishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilmoqda.
Shu munosabat bilan hududiy birlashma raisi A. Raxmonaliyev hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘tkazilayotgan mazkur o‘rganishlar, shuningdek uning yakunlari bilan sohaga oid muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishida Federatsiya tizim tashkilotlari hamda ta’lim tashkilotlari hamkorligi masalalarida fikrlar almashildi.



Отправить комментарий