28-NOYABR — FEDERASIYA TARIXIDA MUHIM SANA: JAMOATÇILIK IŞTIROKIGA BERILGAN DAVLAT E’TIROFI

28-NOYABR — FEDERASIYA TARIXIDA MUHIM SANA: JAMOATÇILIK IŞTIROKIGA BERILGAN DAVLAT E’TIROFI

2002-yil 28-noyabr. Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari Federasiyasi tarixida alohida ahamiyatga ega sana. Aynan şu kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Iste’molçilar huquqlarini himoya qilişda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 414-son qarori qabul qilindi.

Uşbu qaror mamlakatimizda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş sohasida jamoatçilik iştirokini kengaytiriş, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş va iste’mol bozorida jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş yölida muhim huquqiy qadam böldi.

Eng muhimi, mazkur qaror bilan iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari hududiy birlaşmalari tomonidan Federasiya taşkil etilganligi ma’lumot uçun qabul qilindi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Jumladan, aholi örtasida iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunçilikni keng tarğib qiliş, iste’molçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, içki bozordagi tovarlarning sifati va xavfsizligi yuzasidan monitoringlar ötkaziş, aholining iste’mol madaniyatini oşiriş, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qiliş Federasiya faoliyatining muhim yönalişlari sifatida belgilandi.

Şuningdek, qarorda Federasiyaning taşkiliy tuzilmasi, ijro etuvçi apparati hamda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş ijtimoiy harakatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi faoliyatining taşkiliy-huquqiy asoslari ham öz aksini topdi.

Qarorning tarixiy ahamiyati nimada?

Avvalo, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş faqat davlat organlarining vazifasi emas, balki jamoatçilik, fuqarolik jamiyati institutlari va iste’molçilar birlaşmalari iştirokida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim ijtimoiy yönaliş ekanligi e’tirof etildi.

Bu esa iste’molçilar manfaatlarini himoya qilişda jamoatçilik institutlarining örni va mas’uliyatini oşiriş, sohada tizimli faoliyatni yölga qöyiş uçun mustahkam taşkiliy-huquqiy zamin yaratdi.
Ötgan yillar davomida Federasiya öz faoliyatini takomillaştirib, iste’molçilar murojaatlari bilan işlaş, ularning buzilgan huquqlarini tiklaş, sudlarda manfaatlarini himoya qiliş, jamoatçilik monitoringlarini ötkaziş, huquqiy tarğibot va xalqaro hamkorlik yönalişlarida faoliyat olib borib kelmoqda.

Albatta, bugungi iste’mol bozori keçagisidan tubdan farq qiladi. Elektron savdo, raqamli xizmatlar, masofaviy şartnomalar va yangi iqtisodiy munosabatlar iste’molçilar huquqlarini himoya qilişning zamonaviy mexanizmlarini talab etmoqda.

Şu bois, 2002-yil 28-noyabrda belgilangan maqsad va vazifalar bugun ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Aksinça, ular zamon talablariga mos ravişda yangi mazmun bilan boyib bormoqda.

28-noyabr — bu şunçaki tarixiy sana emas. Bu iste’molçi manfaatlarini himoya qilişdek muhim ijtimoiy vazifani zimmasiga olgan jamoatçilik institutining davlat darajasida e’tirof etilgani, uning taşkiliy-huquqiy asoslari mustahkamlangani bilan ahamiyatlidir.

Bugun Federasiya tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodim, har bir iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati uçun bu sana öz mas’uliyatini yana bir bor anglaş, ötgan yölni sarhisob qiliş va kelgusi vazifalarni belgilab oliş uçun muhim fursatdir.

Zero, bizning asosiy maqsadimiz özgarmaydi: iste’molçi huquqlarini himoya qiliş, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş va jamiyatda iste’mol madaniyatini yuksaltiriş!

Sizga @uza_alifbo_bot yordam berdi.

Отправить комментарий