To`lovlarga aniqlik kiritib berildi
Toshloq shaharchasida istiqomat qiluvchi V.Ermatovning tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaatida xonadonida isteʼmol qilingan ichimlik suvi uchun to`lovlarda yuzaga kelgan tushunmovchiliklarga aniqlik kiritib berilishi masalasi ko`tarilgandi.
Murojaatni o`rganish jarayonida maʼlum bo`lishicha, isteʼmolchining 2018 yil 7 noyabr kunida isteʼmol qilingan ichimlik suvi uchun bank plastik kartochkasi orqali to`lagan 300 000 (uch yuz ming) so`m to`lovi “Farg`ona suv taʼminoti” MChJ tuman filiali xodimining (hozirda sobiq) sovuqqonligi oqibatida korxona kompyuter bazasiga kiritilmasdan qolib ketganligi maʼlum bo`ldi.
O`rganish ishlari doirasida mazkur pul mablag`i korxona kompyuter bazasiga kiritildi. Isteʼmolchi xonadonida isteʼmol qilingan ichimlik suvi hajmi, amalga oshirilgan to`lovlar qayta hisob-kitob qilinib, xonadonning 1146 m3 yoki 68180 (oltmish sakkiz ming bir yuz sakson) so`m oldindan to`lovdaligi qayd qilindi.
Xusnida Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий