Tarmoq yo‘q, qarzdorlik esa …
Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi D.Murodovaning Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murodova o‘ziga qarashli bo‘lgan 2-Besh bola mavzesi G‘allakon ko‘chasida joylashgan xonadoniga “Farg‘onasuvta’minoti” MChJ tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligini bildirib, masalaga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro o‘ziga qarashli bo‘lgan yuqoridagi manzilga yangi imorat solganligi, xonadonga hali ichimlik suvi tarmog‘i tortilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Xonadon egalari ichimlik suvini tashib keltirishadi.
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislarining ichimlik suvi ta’minoti tashkiloti bilan masala yuzasidan olib borgan muzokaralari, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan o‘tkazilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasi bilan fuqaro xonadoniga nisbatan hisoblangan 231 ming so‘m qarzdorlikni asossizligi ma’lum bo‘ldi.
“Farg‘onasuvta’minoti” MChJ tomonidan fuqaroga 20.01.2021 yildagi 174-sonli ma’lumotnoma orqali ichimlik suvidan qarzdorligi yo‘qligi ma’lum qilindi.
Shermurod Oxunov
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий