Maktabgacha ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Shu kunlarda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Tadbirlarda korxona va tashkilotlarning ishchi-xodimlari bilan uchrashilib, Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi bilan belgilab berilgan vazifalar, jumladan qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar, shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib borilmoqda.

Quva tuman iste’molchilar uhquqlarini himoya qilish ajmiyati tomonidan tumandagi 2-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkillangan tadbir ham shular jumlasidandir.

Rasmda tadbirdan lavha.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий