Mutaxassislar ishtirokidagi seminar trening

Mutaxassislar ishtirokidagi seminar trening

Hududiy birlashmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasida yil davomida xodimlarning malakasini oshirish maqsadida turli o‘quv trening mashg‘ulotlarini o‘tkazib borish nazarda tutilgan bo‘lib, bugun monitoring mutaxassislari ishtirokida tashkillangan seminar trening shular jumlasidandir.

Mutaxassislar ishtirokidagi o‘quvlar nafaqat xodimning o‘zi faoliyat olib borayotgan yo‘nalish bo‘yicha bilimini oshirish, balki sohaga daxldor boshqa tashkilot va idoralarda faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashish maydonchasi rolini ham o‘taydi. Shu nuqtai nazardan bugungi seminar trening ishiga Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Birodar Mirzaev taklif qilindi. U tadbir ishtirokchilariga jamoatchilik nazoratini olib borish, jamoatchilik fikrini o‘rganish va monitoring (kuzatuv)larni o‘tkazish yuzasidan uslubiy va amaliy maslahatlarini berdi.

Seminar trening doirasida 2021 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan joriy va tashkiliy masalalar muhokamasi ham o‘tkazildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий