Tadbirlar tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda
Tizimda e’lon qilingan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida Uchko‘prik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tumandagi 22-umumta’lim maktabida “Yuksak iste’mol madaniyati sari” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
Tadbirda ta’kidlandiki, yurtimizda jamoat tashkilotlarining jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va rolini yanada oshirish, ularni bu borada keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash, pirovardida ular tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishlariga sharoitlar yaratib berish maqsadida katta qadamlar qo‘yilmoqda.
Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi hamda shu murojaatnomada nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning 3 martida qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5012-son Qarorlari shular jumlasidandir.
Tadbir davomida berilgan axborotlarlar va ishtirokchilarni yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy haarkatida faol ishtirok etishga chaqiriqlardan so‘ng ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga jamiyat raisi L. Shodmonov va mutaxassis N. Sheralievalar tomonidan batafsil javoblar ham qaytarildi.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий