Huquqiy bilimli bo‘lish davr talabidir
Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tumandagi 9-umumta’lim maktabi jamoasi ishtirokida tashkillangan seminar «Huquqiy ong va huquqiy madaniyat» mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda yurtimizda jamoat tashkilotlarining jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va rolini yanada oshirish, ularni bu borada keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash, pirovardida ular tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishlariga sharoitlar yaratib berish maqsadida katta qadamlar qo‘yilayotganligi, shu nuqtai nazardan aholining huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish zaruriyati alohida ta’kidlab o‘tildi..
Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi hamda shu murojaatnomada nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning 3 martida qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-son Qarorlari shular jumlasidandir.
Tadbir davomida berilgan axborotlarlar va ishtirokchilarni yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqiriqlardan so‘ng ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga jamiyat raisi Adxamjon Xamidov batafsil javoblar ham qaytarildi.
Targ‘ibot tadbirlari shu kuni 17-umumta’lim maktabida «Iste’molchi xuquq va majburiyatlari» va «Iftixor» MFY faollari ishtirokida «Iste’molchi xuquqi qonun ximoyasida» mavzusidagi seminarlar bilan davom etdi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий